avatar
Куч
0.20
Рейтинг
+0.08

Мақолалар

Mening bobom va buvim – mahallamiz faxri

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
Mening bobom, buvim-mahallamiz faxri
 Reja:
1.Uyimiz farishtasi
2.Obod mahalla-farovon yurtim
3.Xulosa
 
   Har bir xonadoninng o’z farishtasi bo’ladi. Bizning uyimiz farishtalari bobom va buvim. Biz ularni so’zlarini nasihat deb o’ylaymiz. Aslida esa, ular bizga to’g’ri yo’lni ,har bir gapirayotgan gapimizning ma’no-mohiyatini aytadilar.
Biz bilamizki, 2015-yil Prezidentimiz Islom  Abdug’aniyevichKarimov tomonidan “ Keksalarni e’zozlash yili” deb e’lon qilindi. Prezidentimiz aytadilarki: Har qanday jamiyatning yoshi ulug’ odamlarga e’tibori va  g’amxo’rligi uning  madaniy  darajasini belgilaydi.
 
Keksalarga hurmat –e’tibor, mehr-oqibat ko’rsatish ma’naviy hayotimizning tom ma’noda ajralmas qismiga aylangan,-deya ta’kidlaganlar.
Mamlakatimizda yoshi ulug’ insonlarning  munosib  hayot kechirishi uchun barcha  sharoit yaratilmoqda Zero, ular yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash, Vatanimizning iqtisodiy salohiyati yuksalishiga katta hissa qo’shgan. Keksalarni har  tomonlama rag’batlantirishga  doir amalgam  oshiralayotgan chora –tadbirlar ular uchun nafaqat moddiy, ayni paytda katta madatdir.
                     Sochiga oq oralagan,
                     Har dam bizni suroqlagan,
                     Kuzda mehri charaqalagan
                     Mehri daryo buvujonim
Obod mahalla farovon yurtim deganda. Men tushunamanki; maxallamizni qanchalik  toza ozoda
Saqlasak  yurtimizni ham shunday tutamiz. Mahalla bizning ikkinchi uyimz. Hududda o’sayotgan  har bir yigit- qizning axloq-odobi uchun butun mahalla ahli ma’sul. Chunki mahallada yoshlarning har bir xatti  haqakati barchaning diqqat  markazida  bo’ladi .Mahalladoshlarning har bir yosh taqdiriga javobgar turushini nazorat qilish barkamol shaxsni tarbiyalab yetishtirish omili hisoblanadi.
Men shunday xulosa chiqardimki; Biz keksalarni har qandamda e’zozlashimiz kerak. Mahallamizda keksa bobo, buvilarimz bo’lsa ulardan xabar olib  shirin so’zlar aytib ko’ngillari xushnud etishimz kerak.
 
Toshkent viloyati Chirchiq shahar 11-umumiy o’rta ta’lim maktabi 8-V sinf o’quvchisi To’xtayeva Oysuluv

Mening bobom va buvim – mahallamiz faxri

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
Mening bobom va buvim – mahallamiz faxri
Reja:
1. 2015-yil ‘’Keksalarni e’zozlash’’yili
2. Xotira va qadriyat- farovon hayot sururi
3. Keksalari e’zozlangan yurt.
“Qariyalar-xonadonimizning fayzi va farishtasi” (Maqol)
Har bir oilada munis va mehribin otaxonu onaxonlarning borligi oilaga o’zgacha ruh baxshida etadi. Prezidentimiz Islom Karimov tashabbuslari bilan 2015-yil ‘’Keksalarni e’zozlash yili’’, deb belgilanishi ham o’zbek xalqining yoshi ulug’ insonlarga nisbatan bo’lgan cheksiz hurmat va ehtiromining yaqqol namunasidir. Bugun yurtimizda ‘’Keksalarnni e’zozlash yili’’’davlat dasturida belgilangan talablar ijrosini ta’minlash hamda 9-may-Xotira va qadrlash kuni bayrami arafasida joylarda qatir ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilgan’’Jasorat, burch, matonat’’shiori ostidagi tadbir ham e’tiborga molik bo’ldi. Keksalarga hurmat, mehr-oqibat ko’rsatish ma’naviy hayotimizning tom ma’noda ajralmas qismiga aylangan. Bir o’ylab ko’raylik, ’’Qarisi bor uyning parisi bor’’degan maqol va hikmatli so’zlarimizda qanday chuqur ma’no bor. Haqiqatan ham qaysi xonadonda nuroniy otaxon va onaxon bo’lsa, bu oilada albatta fayzu baraka, farovonlik, ahillik bo’lishini barchamiz yaxshi bilamiz. Darhaqiqat, o’tayotgan har bir kunimizga ma’no va mazmun qo’shayotgan dono otaxon va onaxinlaribixning ibratli so’zlari, o’gitu maslahatlariga quloq tutib, ularning hurmat va e’zozini o’z o’rniga qo’yaylik. Toki ular aytgan har biri hikmatga teng duolar hamisha mustajob bo’lsin! Prezidentimiz ta’kidlaganidek, Har qanday jamiyatning yoshi ulug’ odamlarga bo’lgan e’tibori va g’amxo’rligi uning madaniy darajasini belgilaydi. Keksalarga hurmat-ehtirom, mehr-oqibat ko’rsatish ma’naviy hayotimizning tom ma’noda ajralmas qismiga aylangan. Yaratganning har bur kunini ma’noli va sermazmun o’tkazishda beqiyos hissa qo’shayotgan ota-bobolarimizga har tomonlama hurmat, e’zoz va ehtirom ko’rsatish barchamiz uchun ham qarz, ham farz deb o’ylayman.
Xotira va qadrlash –umumboqiy qadriyatlarimizni o’zida mujassam etgan muqqadas tushuncha. Mustaqillik yiillarida hayotimizda yanada teran ma’no-mazmun kasb etdi. Xotira-o’tganlarni eslatib turadi. Qadr- insonni ulug’laydi, jamiyatni bezaydi. Xotira va qadrlash kuni mazmun-moxiyatini yana shunday ezgu tamiyillar mujassam. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda tinchlik –osoyishtalik, xamjiatlik va baxrikenglik mustahkam qaror topdi. Kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, mehr- oqibat tuyg’ulari odamlar qalbi va shuuridan chuqur joy oldi. Nuroniylarning salomatligini mustahkamlash, hayotini mazmunli qilish, ko’nglini ko’tarish yo’lida amalgam oshirib kelinayotgan ishlar izchil davom ettirilmoqda. 2015-yil 9-mayda xalq bayrami-Xotira va qadrlash kuni o’tkazilishi, shuningdek, Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g’alabaning 70 yilligi bayram qilinishi munosabati bilan fashizm ustidan qozonilgan g’alabaga bebaho hissa qo’shgan 1941-1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini munosib ravishda va izzat-ikrom bilan sharaflash maqsadida faxriylarga esdalik yubiley medallari topshirildi. Bugun hech kimga sir emas: millionlab odamlar halok bo’lishiga sabab bo’lgan, mislsiz yo’qotishlar, talofat va musibatlar olib kelgan bu urush insoniyat tarixidagi eng daxshatli, eng qonli qirg’in bo’lganini hech kim unutmaydi. Buning yaqqol ifodasini poytaxtimiz Toshkent shahrining markazida va joylarida barpo etilgan xotira maydonlari ayni shu kunlarda urushdan qaytmaganlarni eslash, ularning xotirasi, arvoxlari oldida bosh egish uchun kelgan yoshu qarilar, aholimiz va chet ellik mehmonlar bilan gavjum bo’lganida ko’rish mumkin. Mamlakatimizda 9-may-Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanmoqda. Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgn g’alaba o’zining jasorati va matonati bilan katta hissa qo’shgan minglab yurtdoshlarimiz, ular qatorida bo’lgan ko’plab sharqshunos olimlar qahramonligi hech qachon unutilmaydi. Biz hamisha janggohlarda halok bo’lgan ota-bobolarimizning o’chmas xotirasi oldida bosh egamiz.
Prezidentimiz tomonidan 2015-yilning 19-fevral kuni “O’zbekiston Respublikasi fuqarolari -1941-1945 –yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini “Ikkinchi jahon urushidagi G’alabaning 70 yilligi” esdalik yubiley medali bilan mukofotlash to’g’risida”gi farmoniga ko’ra 1941-1945-yillardagi Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan G’alabaning 70 yilligi sharafiga “Ikkinchi jahon urushidagi G’alabaaning 70 yilligi” esdalik yubiley medali ta’sis etildi va ushbu esdalik yubiley medali bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari mukofotlandilar. Bundan tashqari, ”Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan faxriylar moddiy rag’batlantiriladi, ularda analog va raqamli signallarni qabul qiluvchi televizorlar va O’zbekistonda ishlab chiqarilgan mobil telefonlar sovg’a qilindi. Bu esa keksalarga berilayotgan e’tiborning bir ko’rinishi nazarimda. Shu o’rinda, aytib o’tish lozimki, nuroniy otaxon-onaxonlarimiz nafaqat birgina yilda emas, balki har kuni hurmat va ehtirom, sahovat, mehr-oqibat kabi yuksak fazilatlarimiz bulog’idan qonib suv ichamiz. Davlatimiz rahbarining 2011-yil 30-mayda qabul qilingan “2011-2015-yillarida yolg’iz keksalar, pensioner va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish bo’yicha qo’shimcha chora tadbirlar to’g’risida”gi qaror shu maqsad yo’lidagi xayrli ishlardandir. Shuningdek, keksalari ez’ozlangan mana shu yurt bag’rida unib –o’sayotgan har bir o’g’il-qiz hamisha xalq xizmatida bo’lish xalqning olqishini olishga-da intilib yashaydi. Yoshlarimiz hamisha keksalarni ardoqlashadilar, ularning yumushlariga ko’maklashib, og’irlarini yengil qiladilar. Buni yaxshi tushungan, qalban his qilgan har bir inson borki, albatta, keksalarni e’zozlaydi. Zero shuni unutmangki, keksalarni e’zozlash –bizning farzandlik burchimizdir.
Toshkent viloyati Chirchiq shahar 11-umumiy o’rta ta’lim maktabi 9-“A” sinf o’quvchisiErkamova Mehrangiz

Mening bobom, buvim – mahallamiz faxri

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
Mening bobom, buvim – mahallamiz faxri
Reja:
1. Keksalarni e’zozlab yashang.
2. Qarisi bor uyning-parisi bor.
3. Bobomning xayrli ishlari.
4. Buvijonim o’gitlari.
5.Qarilik gashtini suring.
Keksalik san’ati yoshlarga to’g’anoq emas – suyanchiq, raqib emas – muallim, befarq emas – hamdard bo’lish demakdir
                                                                                                                                  A. Morua
          

Mening bobom,buvim-mahallamiz faxri

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
Mening bobom,buvim-mahallamiz faxri
Reja:
1. Keksalar o’giti-baxtimiz kaliti.
2. Bobo,buvilarimizning mahalla farovonligidagi o’rni.
3. Keksalarsiz hayot-quyoshi yo’q olamni eslatadi
4. Yurtboshimizning keksalarga bo’lgan e’tiborlari.
5. El ardog’ida mudom keksalar.
 
                                                                      Yoshning hurmati-qarz,
                                                                      Qarining hurmati-farz.
                                                                                                  Maqol.                
 
      Mening fikrimcha, har bir yosh avlod o’zining bobolari, momolari o’gitlari bilan o’ylagan ishini amalga oshiradi. Chunki, ularning har bir aytayotgan bir og’iz so’zlarida qancha ma’no bor. Bobolarimiz doimo yaxshilikni ko’zlab, oxirini o’ylab, so’ngra fikr bildirishadi. Shuning uchun ham, barcha kichik yoshlar bir daqiqa bo’lsa ham ularning oldilarida bo’lsa-yu, o’gitlarini tinglasa. Ayniqsa, ularning:”Doimo halol mehnat qilinglar, yolg’on gapirmanglar,”-degan hikmatli so’zlari barchaning e’tiborini birdek tortadi. Shuning uchun ham biz yoshlar:”Keksalar o’giti- baxtimiz kaliti,”-deya ish yuritamiz. Zero, ularning hech qanday g’araz niyatlari bo’lmaydi. Faqatgina yaxshilikka intilishadi,, yoshlarni ham faqat yaxshilikka chorlashadi.Har qaysi yosh avlod ularning hayot yo’llaridan O’rnak oladi.Shuni ham ta’kidlash joizki, o’zbek xonadonida farzand tarbiyasi xususida so’z borganda bobo, buvilarning pand-nasihatlari va hayot tajribasiga tayaniladi. Bobo va buvi tarbiyasini olgan o’g’il-qiz borki, qalbida mehrmuhabbat, atrofdagilarga izzatda bo’lishga intiladi. Ularning har aytgan so’zini o’z hayotida shior bilib, to’g’ri halol yashashga, yurti va millati kelajagi uchun kamarbasta bo’lishga shay turadi. Yana xalqimizda:”Qarisi bor uyning parisi bor,”-degan hikmatli gaplari ham bor. Haqiqatan ham qarisi bor uyda Fayz-u baraka bor. Yoshi ulug’ bor uy osoyishta, tinch, barakali bo’ladi. Sababi, kimning xonadonida yoshi ulug’ bobosi yoki momosi bo’lsa, ana shu xonadon fayzli bo’ladi. Chunki, ular bor yerda albatta hikmatli so’zlar, ibratli o’gitlar ham bo’ladi. Ularga quloq tutgan oila a’zolari esa so’zlarini qunt bilan eshitib, shunga rioya qiladi. Shu oilada urush-janjal ham deyarli bo’lmaydi. Axir aytishadi-ku:”Bir kun urush chiqqan yerdan, qirq kun fayz-baraka ketadi,”-deb. Bulardan ko’rinib turibdiki, keksalarning oiladagi ahamiyati ham katta rol o’ynaydi. Shuning uchun ham ularni qadrlashimiz, o’gitlarini qunt bilan tinglashimiz darkor.
      Bobo, buvilarimizning mahalla farovonligidagi ahamiyati juda katta ro’l o’ynaydi. Sababi, ular doimo mahallaning obod bo’lishi uchun ter to’kishadi. Bobolarimiz turli xil mevali daraxtlar ekib, yoshlarni ezgulikka chorlaydilar. Momolarimiz esa ko’chalarning toza bo’lishi uchun yoshlarni mehnatga undaydilar. Ular borki, mahallalar osoyishta, ko’rkam, farovon. Agar nazar tashlaydigan bo’lsak, yoshi ulug’ bobolar qo’llarida ketmon, dalalarda mehnat qilib yurishibdi. Buni ko’rgan yoshlar esa ular bilan birma-bir mehnat qilib, o’zi  halol mehnat qilishga o’rganadi. Mana bulardan ko’rinib turibdiki, keksalar bor yer har taraflama farovon, tinch, osoyishta bo’ladi.
        Tarixsiz kelajak yo’qligi kabi keksalarsiz ham hayot yo’q. Chunki ular tufayli biz yorug’ dunyoni ko’ramiz, hayotni anglaymiz. Mana shu bobo-buvilarimiz tufayli hozir biz mustaqil, obod va ozod Vatan bag’rida o’ynab-kulib yashayapmiz. Agar mana shunday bobo-buvilarimiz bo’lmaganlarida hozirgi osoyishta hayotimiz ham bo’lmagan bo’lardi. Chunki, mard va jasur bobo-yu buvilarimiz kechani kecha, kunduzni kunduz demay yurtimiz mustaqilligi uchun kurashib halok bo’lganlar. Shunday bo’lsa-da, ular bizning ardog’imizdalar. Biz yoshlar keksalarni doimo e’zozlab kelamiz.
        Keksalarning mehnatini ulug’lab, ularga  har tomonlama sharoit yaratib berish maqsadida yurtboshimiz 2015-yilni “Keksalarni e’zozlash yili” deb e’lon qildilar. Shu bilan birga, ozodlik uchun jahon urushlari qatnashchilariga e’tiborni kuchaytirdilar. Bundan oldin ham keksalarga bo’lgan hurmat oily saviyada edi. Hozir esa yanada kuchaydi. Aslida bizning o’zbek xalqi mehribon xalqdir. Hozirda keksalar uchun turli xil dam olish maskanlari faoliyat ko’rsatmoqda. Hattoki, ular olayotgan nafaqa pullari ham ma’lum bir miqdorda ko’paytirildi. Tibbiy ko’riklardan o’tishlari uchun ham barcha shart-sharoitlar yaratildi, ya’ni ularning sog’lom yashashlari uchun barcha birdek harakat qilishmoqda. Bundan bilinib turibdiki, yurtboshimizning keksalarga bo’lgan e’tiborlari a’lo darajada.
          Qariyalar qadr topgan mana shu yurt bag’rida unib-o’sayotgan har bir o’g’il-qiz hamisha xalq xizmatida bo’lish, xalqning olqishini olishga-da intilib yashaydi. Yoshlarimiz hamisha keksalarni ardoqlashadilar. Ularning yumushlariga ko’maklashib, og’irlarini yengil qiladilar. Buni yaxshi tushungan, qalban his qilgan har bir inson borki, albatta, keksalarni e’zozlaydi. Ularni borida qadrlaydi. Keksalarimiz sog’-omon bo’lsin. Ularning duolari hamisha yuzimizni yorug’, yo’llarimizni farovon qilsin.
 
Toshkent viloyati Chirchiq shahar11-umumiy o’rta ta’lim maktabi        9 – “B” sinf o’quvchisi Azimova Maftuna

Mening bobom,buvim- mahallamiz faxri.

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
Mavzu:  Mening bobom,buvim- mahallamiz faxri.
Reja:
1.     Qarisi bor uyning, parisi bor.
2.     Keksalarning  har bir so’zi ibratlidir.
3.     Yurtboshimiz tomonidan keksalarga berilayotgan e’tibor.
4.     El ardg’idadir mudom keksalar..
5.     Keksalarga yordam berish biz yoshlarning burchimiz.
 
                                                   Insonning qiymati emas siymu zar,
                                                  Insonning qiymati bilim va hunar.
                                                                                       (Xalq maqoli)
 
        Qarisi bor uyning parisi bor deganda siz nimalarni tushunasiz? Bu savolga javob berishdan oldin ko’z oldimizda avvalo munis va mehribon, betakror Buvijonim-u Buvajonimiz keladi. Ularning yorqin chehrasini, ibratli so’zlarini tinglab bu savolga javob beramiz. Qariyalar bor uyda doimo farishtalar bo’ladi. Chunki Buvijonim va Buvajonimning o’zlari ham farishtalar bilan barobar. Qariyalar bor uy doim tinch, sokin, fayzli va beg’ubor bo’ladi. Keksalarni barcha yoshdagi insonlar yaxshi ko’radi, ularning duosini olishga harakat qiladi, ular ko’rsatgan yo’ldan yurishadi. Men o’zim ham agarda biror bir ishni boshlamoqchi bo’lsam avvalo ularning duolarin, roziliklarini olaman. Keksalar biz yoshlarni to’g’ri yo’lga boshlashadi. Chunkin  ular o’z hayotlari davomida ko’pni ko’rib, qigan savob-u gunohlarini aglab, bizga to’g’ri yo’l ko’rsatishadi. Biz qilgan xotolarimizni farzandlarimiz takrorlamasin deydilar.
        Keksalarning har bir so’zi ibratlidir. Ular ko’pni ko’rgan, aqlli inson bo’lganlari uchun  mahallada ham maslahatlari, fikr mulohazalari kerak bo’ladi. Masalan mening buvajonim  va buvijonim mahallamiz faxri. Hovilimiz yoniga  buvam bog’ yaratganlar, mevali daraxlar ekganlar. Mahalla fuqorolari bog’yonidan o’tganlarida gullarning shirin  hidiga mast bo’lib, daraxtlarning mevalaridan bahramand bo’lib, uning soyalarida dam olishad, hordiq chiqarishadi.
 Biz yoshlar keksakarni, yoshi ulug’ insonlarni gapiga quloq solsak, ularning aytganlarini bajarsak kelajak hayotimizda hech qachon to’siqqa uchramaymiz.
Bugungi kunda yurtboshimiz tomonidan keksalarga yuksak e’tibor berilmoqda. Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov “2015-yil Keksalarni e’zozlash yili” deb e’lon qilganlaridan ham bu e’tiborni bilsak bo’ladi.
                El ardog’idadir mudom keksalar. O’zbekistonimiz aholisinig 40% ni keksalar, 60% esa yoshlar tashkil etadi.
               “Mehnat- mehnatning tagi roha”,- deb bejizga  aytmaydi dono xalqimiz. Ahir keksalarni ham necha yillik mehnatlari, ursh davrida chekkan mashaqqatlariga, bugungi kunda rahmat aytib, ularni qutlaymiz.
                  Bu aziz keksalarga yordam berish biz yoshlarning burchimiz hisoblanadi. Biz 9-sinf o’quvchilari maktabimizdagi direktor o’rin bosari, Manivaiyat va ma’rifat ishlaribo’yicha mutaxasis Milixanova Muxotora opamiz bilan har yakshanba kunlari yordamga muxtoj  keksalarning, urshda qatnashgan faxriylarimizning uyiga borib, ularga yordam beramiz, taomlar tayorlab ularning kir-chirlaridan xabar olamiz. Biz bu ishimizdan faxrlanamiz. 
KEKSALARGA YORDAM BERISH BIZ  YOSHLARNING BURCHIMIZ!
 
 
Toshkent viloyati Chirchiq shahri 11-umumiy o’rta ta’lim maktabi 9 – “B” sinf o’quvchisi Tursunbayeva Shirina